Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yor-u diyor sogʻinchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosoʻzliklaridan nola badiiy tahlil etiladi Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gʻazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husn-u latofati, sharqona odob-u axloqi, noz-u karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518—1519-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan. farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).
"Ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburni, avvalambor, Hindistonda 300 yildan ortiq hukm surgan buyuk Boburiylar saltanatining asoschisi bo‘lmish Temuriy podshoh hamda jahonda e’tirof etilgan muhtasham qomusiy ma’naviy yodgorlik – “Boburnoma” va “Mubayyin” huquqiy asarining muallifi maqomida yaxshi bilamiz. Tabiiyki, Mirzo Bobur dilbar shoir bo‘lib, g‘azallari, ruboiy va masnaviylari adabiyotimizning gultoj asarlari sifatida hamisha yuksak qadrlanadi."-deydi Luqmon Burixon
Mustaqillik yillarida mutafakkir bobolarimizning boy ma’naviy-ma’rifiy merosini har tomonlama o‘rganishga e’tibor tubdan kuchaydi. Shu jumladan, Bobur hazratlarining ijodini teran tahlil va tadqiq etish imkoniyatlari nihoyatda kengaydi. O‘tgan davrda “Boburnoma”, “Mubayyin” huquqiy asari, Boburning she’riy devoni qayta-qayta chop etildi. Ushbu asarlar talqiniga bag‘ishlangan kitob va risolalar, ilmiy-ommabop maqolalar muntazam e’lon qilinmoqda.